
Agentics HRM
Kadrlar, davomat, tabel va ish haqi — bitta tizimda.
O’rta va yirik kompaniyalar, kadrlar bo’limi
4 ta agent ishlamoqda · qaror sizda
Har kuni ertalab qarz, zaxira va muddat bo’yicha tayyor taklif — siz faqat tasdiqlaysiz. Agent raqamni tizimdan oladi, sababini oddiy tilda tushuntiradi va hujjat qoralamasini tayyorlaydi. Qaror har doim odamda qoladi.
Tasavvur qiling: kompaniyangizda yangi xodim bor. U har kuni ertalab hujjatlar, qoldiqlar va to’lovlarni ko’rib chiqadi, qaysi mijoz qarzini kechiktirganini, qaysi mahsulot tugayotganini, qayerda g’alati raqam paydo bo’lganini topadi va sizga qisqa ro’yxat qoldiradi — tayyor taklifi bilan.
Siz faqat «Olaman» yoki «Kerak emas» ni bosasiz.
Bu — AI agent. U sizning o’rningizga qaror qabul qilmaydi: qidirish, solishtirish va hisoblash kabi zerikarli ishni oladi, qaror esa sizda qoladi.

Agent tizimingiz ichida ishlaydi va har safar bir xil yo’ldan yuradi. Oxirgi qadam har doim odamniki.
Hujjatlar, qoldiqlar, to’lovlar — tizimdagi haqiqiy yozuvlar.
Qarz yoshi, sarf, muddat, og’ish — qat’iy qoida bilan.
AI eng muhimini tanlaydi va sababini oddiy tilda yozadi.
Karta va qoralama — web’da va Telegram’da.
Tasdiqsiz hech narsa o’zgarmaydi. Har qaror jurnalga yoziladi.
Raqamlarni tizim aniq hisoblaydi, AI esa ularni tushuntiradi. Agent raqamni «o’ylab topmaydi».
«Ishlaydi» — prod’da har kuni yurayotgan agent. «Pilot» — sinovda, «Tez orada» — rejada.
Agentlar Agentics tizimlari ichida ishlaydi — hozir WMS’da. Har tizim o’z subdomenida, kirish — bitta Agentics ID hisobi bilan.

Kadrlar, davomat, tabel va ish haqi — bitta tizimda.
O’rta va yirik kompaniyalar, kadrlar bo’limi

Avtomoyka kassasi, xodim ulushi, mijoz bazasi va Telegram.
Avtomoykalar va avtomoyka tarmoqlari

Ombor, ishlab chiqarish va savdo — har kuni ertalab tayyor taklif beradigan AI agentlar bilan.
Ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar
Agent siz ishlatayotgan tizimga ulanadi: 1C, Excel, SQL baza yoki API. Pilot asosida.
Kuniga yuzlab murojaat keladi; har birini xodim o’qib, mavzusini aniqlab, tegishli bo’limga qo’lda yo’naltirar edi — navbat to’planar, xato ko’p edi.
Tasdiq modeli. Agent taklif beradi, odam tasdiqlaydi. Hujjat, to’lov va mijozga xabar — faqat odam bosganda.
Ruxsatlar. Xodim faqat o’z roli doirasidagi takliflar va ma’lumotni ko’radi.
Audit jurnali. Har yurish, har taklif va har qaror vaqti bilan yoziladi.
Ma’lumot O’zbekiston serverida. Mahalliy qonunchilik talablariga mos, chegaradan tashqariga chiqmaydi.
On-premise variant. Kerak bo’lsa butun tizim sizning serveringizda, sizning nazoratingizda ishlaydi.
Manba kodi topshiriladi. Buyurtma loyihalarda kod mijozning mulki bo’ladi — bizga bog’lanib qolmaysiz.
StekAngular.NETPostgreSQLDockerTelegram API
Tayyor mahsulot mos kelmasa, jarayoningizni o’rganib, aynan unga mos agent quramiz. Ma’lumot sizniki, server — O’zbekistonda yoki sizning infratuzilmangizda.
Jarayoningizni 2–3 gapda yozing — 2 ish kuni ichida taklif beramiz: arxitektura, bosqichlar va narx.
Jarayonni yozishJarayonni joyida, xodimlar bilan birga ko’ramiz. Ma’lumot qayerda turadi, kim nimani qiladi — shuni aniqlab, ishning chegarasini chizamiz.
Bitta agent sizning real ma’lumotingizda ishlaydi. Hech narsani o’zi o’zgartirmaydi — natijani o’zingiz ko’rib baholaysiz.
Har faza ishlaydigan natija bilan yakunlanadi va siz uni ko’rib tasdiqlaysiz. Keyingi faza shundan keyin boshlanadi.
Bizning serverda yoki sizning binongizda. Kuzatuv, yangilanishlar, xodimlarni o’qitish — tizim ishga tushgach ham yonimizdamiz.
Hisobot yig’ish, qarz va qoldiqni solishtirish bilan necha kishi, kuniga necha daqiqa band — shuni kiriting.
≈ 33 soat
Bu hisob, va’da emas. Agent shu yig’ish ishini oladi, xodim faqat natijani ko’rib chiqadi. Real tejamni pilot ko’rsatadi.
Agent o’zi hech narsani o’zgartirmaydi, faqat taklif beradi. Har taklifni odam ko’rib tasdiqlaydi, har amal jurnalga yoziladi. Raqamlarni esa AI emas, tizim qat’iy qoida bilan hisoblaydi.
Baza O’zbekistondagi serverda yoki sizning serveringizda saqlanadi. Tushuntirish yozish uchun AI modeliga butun baza emas, faqat agent hisoblagan qisqa ro’yxat yuboriladi. Qaysi model ishlatilishi talabingizga qarab kelishiladi.
Yo’q. Agent Agentics WMS ichida ishlaydi yoki mavjud tizimingizga ulanadi — 1C, Excel, SQL baza, API. Tashqi tizimlarga ulanish hozircha pilot asosida.
Yo’q. Agent zerikarli qidirish va solishtirishni oladi, xodim esa qaror va mijoz bilan ishlashga ko’proq vaqt ajratadi.
Pilot 2 hafta davom etadi: bitta agent sizning real ma’lumotingizda ishlaydi va natijani o’zingiz ko’rasiz.
Narx agent va tizimga bog’liq. Pilotdan oldin shartlarni kelishamiz, pilotdan keyin aniq taklif beramiz.
Yo’q. Takroriy ish bor joyda agent foyda beradi: kichik distribyutordan zavodgacha.
Qaysi jarayon ko’p vaqt oladi — 2–3 gapda yozing: tayyor agent, pilot yoki o’z jarayoningiz uchun agent. 1 ish kuni ichida javob beramiz.
AI agentlar ustiga qurilgan biznes tizimlari. Bitta hisob, ma’lumot O’zbekistonda. Toshkent.