Agent taklif beradi — odam qaror qiladi
Buxgalter yoki omborchi uchun ham tushunarli: agent nima qiladi, nimani qilmaydi va nega unga ishonsa bo’ladi.
To’rt oddiy qadam
- 01
Ulanadi
Agent tizimingizga ulanadi: Agentics WMS, 1C, Excel yoki boshqa baza. Hech narsani almashtirish shart emas.
- 02
Kuzatadi
Belgilangan vaqtda — masalan, har kuni 07:00 da — yoki hodisa bo’lganda ma’lumotni ko’rib chiqadi.
- 03
Taklif beradi
Muammo yoki imkoniyatni topsa, sababini oddiy tilda tushuntiradi va tayyor qoralama beradi.
- 04
Siz tasdiqlaysiz
Tasdiqlasangiz — hujjat qoralamasi, eslatma yoki hisobot tayyor. Rad etsangiz — hech narsa o’zgarmaydi.
Bitta yurish ichida nima bo’ladi
WMS’dagi agentlar prod’da aynan shunday ishlaydi.
- 1Tizim o’z bazasidan qat’iy qoida bilan hisoblaydi: qarz, sarf, qoldiq, muddat, smena.
- 2Hisoblashga arziydigan narsa bo’lmasa — to’xtaydi: AI’ga murojaat yo’q, pul sarflanmaydi.
- 3AI eng muhimlarini tanlaydi va sababini oddiy tilda yozadi.
- 4Tekshiruv: ro’yxatda yo’q narsani AI qo’shsa — taklif tashlanadi. Qoralamadagi miqdor AI matnidan emas, hisobdan quriladi.
- 5Taklif «Takliflar» sahifasiga va Telegram’ga tushadi — muhimlik darajasi va asosi bilan.
Har doim bajariladigan qoidalar
Hech narsani o’zi o’zgartirmaydi
Hujjat yaratmaydi, pul yozmaydi, mijozga o’zi xabar yubormaydi. Buni faqat odam qiladi.
Raqamni o’ylab topmaydi
Summa, kun va miqdorni tizim hisoblaydi. AI faqat tanlaydi va matn yozadi.
Har taklifning asosi bor
«Nimaga asoslangan» bo’limida qaysi raqamlarga tayanilgani ko’rinadi.
Takrorlanmaydi
«Kerak emas» bosilgan mavzu 7 kun chiqmaydi. Yangi taklif kelsa, eskisi «eskirgan» bo’ladi.
Ruxsat doirasida
Takliflarni faqat ruxsati bor xodim ko’radi; moliya kartalarini — moliyaga ruxsati borlar. Har qaror jurnalga yoziladi.
Xarajat nazoratda
Har yurishning xarajat chegarasi bor. Nomzod topilmasa, AI chaqirilmaydi.
Ma’lumot qayerda turadi
Baza O’zbekistondagi serverda yoki sizning serveringizda saqlanadi; kerak bo’lsa butun tizim sizning binongizda ishlaydi. Tushuntirish yozish uchun AI modeliga butun baza emas, faqat agent hisoblagan qisqa ro’yxat yuboriladi. Qaysi model ishlatilishi talabingizga qarab kelishiladi.
Eng yaxshi tushuntirish — o’z ma’lumotingizda ko’rish.