wash.agentics.uz

Agentics Wash

Ishlaydi

Avtomoyka kassasi, xodim ulushi, mijoz bazasi va Telegram.

Kimga

Agentics Wash — avtomoykalar uchun onlayn tizim: daftar va Excel o’rniga kassa, smena, mijozlar va xodimlar hisobi bitta ekranda. Kassir mashina raqamini kiritadi — mijoz, klass va narx o’zi topiladi; yuvish uch bosishda ochiladi va internet uzilganda ham ishlaydi, buyruqlar aloqa qaytganda serverga yuboriladi.

Smena boshlang’ich naqd bilan ochiladi, ichida to’lovlar (naqd, karta, o’tkazma) va xarajatlar yig’iladi, yopilganda kutilgan naqd bilan sanalgan naqd farqi ko’rinadi. Yuvuvchilar ulushi qoida bo’yicha avtomatik hisoblanadi: xizmatdan yoki chekdan foiz, har xizmatga qat’iy summa, qat’iy oylik yoki aralash. Xodim telefonidan yuvishni o’ziga oladi, boshlaydi, tugatadi va o’z balansini ko’radi.

Mijozlar bazasida har mashinaning tarixi, qarz va avtomatik segmentlar (yangi, faol, doimiy, uxlagan, yo’qolgan, VIP) turadi. Mijoz moykaning Telegram botiga ulansa unga «mashinangiz tayyor» xabari, chek va shtamp holati keladi; ega esa kunlik hisobot va anomaliya ogohlantirishlarini shu botda oladi. Aksiyalar segment bo’yicha Telegram yoki SMS orqali yuboriladi.

Boshqaruv panelida tushum, xarajat, sof foyda, o’rtacha chek va top xodimlar; hisobotlar Excel va PDF’ga chiqariladi. Kirish — bitta Agentics ID hisobi orqali, parol Telegram boti bilan tiklanadi. Kamera orqali raqamni avtomatik tanish ishlab chiqilmoqda.

Avtomoykalar va avtomoyka tarmoqlari

Imkoniyatlar

Tez kassa

Raqam → xizmat → to’lov: uch bosishda yuvish ochiladi. Chegirma sababi bilan, aralash to’lov, qarzga yozish.

Internetsiz ishlaydi

Aloqa uzilsa kassa to’xtamaydi: buyruqlar qurilmada navbatga tushadi va aloqa qaytganda sinxronlanadi.

Smena va kassa nazorati

Boshlang’ich naqd, to’lovlar usul bo’yicha, xarajatlar kategoriya bilan, yopishda kutilgan va sanalgan naqd farqi.

Xodim ulushi va KPI

Foiz, qat’iy summa yoki aralash qoida; guruhli yuvishda bo’lish; balans, to’lovlar va ko’rsatkichlar har xodim uchun.

Xodimning telefon ekrani

«Mening ishim»: smenaga kirish, bugungi navbat, «Olaman», «Boshladim», «Tugatdim» va o’z balansi.

Mijoz bazasi va segmentlar

Har mashina tarixi, qarzdorlar, Excel import; mijozlar avtomatik segmentlanadi: yangi, faol, doimiy, uxlagan, VIP.

Telegram bot va mini-app

Mijozga «mashinangiz tayyor», chek va shtamp xabarlari; egaga kunlik hisobot va ogohlantirishlar; SMS zaxira kanali.

Hisobotlar va AI takliflari

Boshqaruv paneli, Excel/PDF hisobotlar, segment bo’yicha aksiyalar; AI agentlari qaytarish va anomaliya taklifi beradi.

Foydalanuvchi qo’llanmasi

PDF qo’llanmada kundalik ish, rollar va Telegram bot bilan ishlash qadam-baqadam tushuntirilgan.

PDF yuklab olish PDF · o’zbek tilida

Skrinshotlar

bosilganda kattalashadi

Bu mahsulotga id.agentics.uz hisobingiz bilan kirasiz — boshqa Agentics mahsulotlari uchun ham shu hisob. Parol tiklash va xodim taklifi — Telegram’dagi @AgenticsIdBot orqali.

Boshlash

Narx — so’rov bo’yicha
  1. 01

    Demo

    30 daqiqalik onlayn ko’rsatuv — sizning jarayoningiz misolida, savollaringiz bilan.

  2. 02

    Sinov

    14 kun bepul: o’z ma’lumotingiz va jamoangiz bilan, majburiyatsiz.

  3. 03

    Hisob ochamiz

    Kompaniya uchun tenant ochamiz, rollarni sozlaymiz, mavjud ma’lumotni ko’chiramiz, xodimlarni Agentics ID’ga ulaymiz.

Boshqa mahsulotlar

Agentics Wash bo’yicha so’rov

Qiziqish maydoni oldindan to’ldirilgan — aloqa va 2–3 gap kifoya. Javob 1 ish kuni ichida.