wms.agentics.uz Ishlaydi

Buyurtma agenti

Qaysi xomashyo va tovar tugayotganini hisoblaydi va ta’minotchi bo’yicha kirim qoralamasini tayyorlaydi.

Kimga
Ishlab chiqarish va distribyutsiya · ta’minotchi, omborchi, rahbar
Qachon ishlaydi
Har kuni 07:00 da (Toshkent vaqti), o’zi ishga tushadi.
Natija qayerga keladi
WMS’dagi «Takliflar» sahifasi va Telegram — tugmalar bilan.
Ma’lumot manbai
Agentics WMS Telegram

Qaysi og’riqni yopadi

Xomashyo tugab qolgach bilinadi — sex to’xtaydi yoki shoshilinch qimmat xarid qilinadi. Qancha buyurtma qilishni har kim o’zicha taxmin qiladi, ba’zan bir tovar ikki marta buyuriladi.

Nimani kuzatadi va hisoblaydi

  • 01Oxirgi 30 kunlik sarf: sotuv va ishlab chiqarishga ketgan xomashyo
  • 02Ta’minotchi odatda necha kunda bir keltirishi
  • 03Buyurtma nuqtasi va xavfsizlik zaxirasi
  • 04Yo’ldagi (kutilayotgan) kirimlar — ikki marta buyurtma bo’lmasligi uchun
Namuna xabardemo ma’lumot

«Xomashyo Savdo» MChJ — Sement PTs 500-D0 tugagan · Muhimlik: yuqori Qoldiq 46 t, kuniga sarf 71.8 t — 0 kunga yetadi (buyurtma nuqtasi 359 t). Ta’minot oralig’i 3 kun, hozir buyurtma kerak: 528.4 t, narx 1 195 000 (oxirgi kirim #473). [Kirim hujjatini yaratish]

Odam nima qiladi

Qoralamani tekshiradi va «Kirim hujjatini yaratish» ni bosadi — hujjat «kutilmoqda» holatida yaratiladi, qoldiq faqat tovar kelib tasdiqlanganda oshadi.

Raqamlarni tizim hisoblaydi, AI faqat tanlaydi va tushuntiradi. Qanday ishlaydi

Nimani qilmaydi

  • Hech narsani o’zi o’zgartirmaydi — hujjat va to’lovni faqat odam yaratadi.
  • Raqamni o’ylab topmaydi: summa, kun va miqdorni tizim qat’iy qoida bilan hisoblaydi.
  • Tarix 30 kundan kam bo’lsa hisoblamaydi — tasodifiy son bermaydi.
  • Ta’minotchiga o’zi buyurtma yubormaydi.

Buyurtma agenti — sizning ma’lumotingizda

2 haftalik pilot: agent real ma’lumotingizda ishlaydi, hech narsani o’zi o’zgartirmaydi, natijani o’zingiz ko’rasiz.

Pilotda sinab ko’rish

Boshqa agentlar