hrm.agentics.uz

Agentics HRM

Ishlaydi

Kadrlar, davomat, tabel va ish haqi — bitta tizimda.

Kimga

Agentics HRM — O’zbekiston kompaniyalari uchun kadrlar boshqaruvi tizimi. Jismoniy shaxs, xodim kartochkasi, tayinlashlar, hujjatlar va bank rekvizitlari bir joyda; pasport, JShShIR va karta raqamlari shifrlangan holda saqlanadi. Har tashkilot o’z ma’lumot maydonida ishlaydi, boshqa mijozlar uni ko’rmaydi.

Davomat zanjiri avtomat: terminal yoki QR orqali qayd, kunlik davomat, oylik tabel. Tabel kunlik davomatdan bir bosishda to’ldiriladi, o’tkazilgach qulflanadi va T-13 blankasi Excel’da chiqadi. Ta’til va boshqa yo’qlik so’rovlari tasdiqlash zanjiridan o’tadi, rahbar qarorni «Mening tasdiqlarim» bo’limida beradi.

Ish haqi oylik hisob sessiyasida hisoblanadi: formulali amal turlari, jarima va ustama siyosatlari, vedomostlar, qo’lda amallar, qarzlar va jamg’armalar. Kadrlar hujjatlari — 26 turdagi buyruq, inqidentlar, obxodnoy varaqasi va Word/Excel shablonlari. 15 tayyor hisobot va bosh sahifadagi ko’rsatkichlar rahbarga tashkilot holatini bir ekranda ko’rsatadi.

Kirish — Agentics ID orqali: bitta telefon raqami barcha Agentics mahsulotlari uchun. Parolni tiklash va parolsiz kirish @AgenticsIdBot orqali, xodimlarni tashkilot administratori «Kirish hisoblari» sahifasida qo’shadi yoki taklif havolasi yuboradi. Uch til: o’zbek lotin, o’zbek kirill va rus.

O’rta va yirik kompaniyalar, kadrlar bo’limi

Imkoniyatlar

Xodim kartochkasi

Jismoniy shaxs, tayinlashlar, hujjatlar, identifikatsiya, bank, mehnat tarixi — shaxsiy ma’lumot shifrlangan.

Davomat va terminallar

Lokatsiya, QR kod, Wi-Fi va terminal qaydlari; muammoli qaydlar navbati; kunlik davomat avtomat hisoblanadi.

So’rovlar va tasdiqlash

Ta’til va yo’qlik so’rovlari tasdiqlash zanjiri bo’ylab; ta’til qoldig’i, yo’qlik va vaqt turlari.

Tabel va T-13

Tabel kunlik davomatdan to’ldiriladi, o’tkazilgach qulflanadi; tuzatish hujjatlari; T-13 Excel’da.

Ish haqi

Oylik hisob, formulali amal turlari, jarima/ustama siyosatlari, vedomostlar, qarzlar, jamg’armalar.

Kadrlar buyruqlari

26 turdagi buyruq: qabul, o’tkazish, bo’shatish, ta’til; o’tkazish va storno; obxodnoy varaqasi; inqidentlar.

Word/Excel shablonlar

O’z blankalaringizni yuklang — buyruq va tabel o’zgaruvchilar bilan to’ldirilib chiqadi; chiqarilgan hujjatlar izi.

Hisobotlar va dashbord

15 tayyor hisobot (kadrlar, davomat, ish haqi), CSV/Excel eksport; bosh sahifada KPI va davomat dinamikasi.

Foydalanuvchi qo’llanmasi

PDF qo’llanmada kundalik ish, rollar va Telegram bot bilan ishlash qadam-baqadam tushuntirilgan.

PDF yuklab olish PDF · o’zbek tilida

Skrinshotlar

bosilganda kattalashadi

Bu mahsulotga id.agentics.uz hisobingiz bilan kirasiz — boshqa Agentics mahsulotlari uchun ham shu hisob. Parol tiklash va xodim taklifi — Telegram’dagi @AgenticsIdBot orqali.

Boshlash

Narx — so’rov bo’yicha
  1. 01

    Demo

    30 daqiqalik onlayn ko’rsatuv — sizning jarayoningiz misolida, savollaringiz bilan.

  2. 02

    Sinov

    14 kun bepul: o’z ma’lumotingiz va jamoangiz bilan, majburiyatsiz.

  3. 03

    Hisob ochamiz

    Kompaniya uchun tenant ochamiz, rollarni sozlaymiz, mavjud ma’lumotni ko’chiramiz, xodimlarni Agentics ID’ga ulaymiz.

Boshqa mahsulotlar

Agentics HRM bo’yicha so’rov

Qiziqish maydoni oldindan to’ldirilgan — aloqa va 2–3 gap kifoya. Javob 1 ish kuni ichida.