Pilot

2 hafta. Bitta agent. Sizning ma’lumotingiz.

Agent real ma’lumotingizda ishlaydi, har kuni ertalab taklif beradi, xodimingiz qaror qiladi. Oxirida birga natijani ko’ramiz — davom etishni siz hal qilasiz.

2
hafta
1
agent
Agent hech narsani o’zi o’zgartirmaydi
kafolat

Pilotga nima kiradi

Bitta agent

Jarayoningizga eng mos tayyor agent — qarz, zaxira, muddat yoki anomaliya.

Real ma’lumot

Test emas — sizning hujjatlaringiz, qoldiqlaringiz, to’lovlaringiz.

Xavfsiz

Agent faqat taklif beradi. Hujjat va to’lovni faqat sizning xodimingiz yaratadi.

O’lchangan natija

Nechta taklif chiqdi, nechtasi qabul qilindi, qancha vaqt tejaldi — raqam bilan.

Ikki hafta qanday o’tadi

  1. 011 kun

    Tanishuv

    Qaysi jarayon ko’p vaqt oladi — birga ko’rib, mos agentni tanlaymiz.

  2. 022–3 kun

    Ulanish

    Ma’lumotingizni Agentics WMS’ga yuklaymiz yoki mavjud tizimingizdan olamiz. Agent faqat o’qiydi.

  3. 0310 kun

    Ishlash

    Agent har kuni ertalab taklif beradi, xodimingiz ko’rib qaror qiladi.

  4. 04oxirgi kun

    Natija

    Nima topildi va qancha vaqt tejaldi — birga ko’ramiz. Davom etish majburiy emas.

Sizdan nima kerak

  • Bitta aniq jarayon: qarz, zaxira, muddat yoki ishlab chiqarish.
  • Shu jarayon bo’yicha ma’lumot — tizimdan eksport yoki Excel.
  • Takliflarni ko’rib qaror qiladigan bitta mas’ul xodim.

Shartlar

Narx va shartlar pilot boshlanishidan oldin, jarayoningiz va agentga qarab kelishiladi. Pilotdan keyin aniq taklif beramiz; davom etish majburiy emas.

Qaysi jarayon ko’p vaqt olishini 2–3 gapda yozing — pilotni birga rejalashtiramiz.

Pilotga so’rov